O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyo oʻyinlari – 2018. 26 avgust kuni hamyurtlarimiz bittadan oltin va kumush, toʻrtta bronza medaliga ega chiqishdi
2018-08-27 | Sport
XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining sakkizinchi kungi bahslarini yengil atletikachilarimiz yakunlab berishdi. Ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida terma jamoamiz aʼzosi Nigina Sharipova 7-oʻrinni egalladi.
Erkaklar oʻrtasida bosqon uloqtirish musobaqalarida esa hamyurtimiz Suhrob Xoʻjayev kutilganidanda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va 74,06 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi. Bosqonni Suhrobdan atigi 10 santimetrga uzoqroq otgan tojikistonlik Dilshod Nazarov kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oltin medal esa qatarlik Ashraf al-Sayfiyga nasib etdi. U 76,88 metr natija qayd etdi.
Shu tariqa 26 avgust kuni hamyurtlarimiz bittadan oltin va kumush hamda toʻrtta bronza medaliga ega chiqishdi. 26 avgustdan keyin jami medallarimiz soni esa 28 tani tashkil etmoqda. Shundan 6 tasi oltin, 11 tadan kumush va bronza medallaridir.
Otabek Eshmamatov, OʻzA