O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyatida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik jarayonlari avjida
2018-08-26 | Jamiyat
Barchamizga maʼlum, bu yilgi Mustaqillik bayram tadbirlari “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida yuqori saviyada oʻtkaziladi.
Navoiy viloyati korxona va tashkilot rahbarlari, madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari, yozuvchi, shoirlar hamda tegishli mutaxassislardan iborat tashkiliy hamda ijodiy guruhlar tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarini tayyorlash va oʻtkazish ishlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan boʻlib, ayni kunlarda bayram tantanalariga qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Har bir shahar, tuman markazlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, chekka hududlar, korxona va tashkilotlarda xalq sayllari tashkil etilib, hududlarda faoliyat olib borayotgan folklor jamoalari, shuningdek, taniqli estrada xonandalarining chiqishlari rejalashtirilgan.
Viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan davlat mustaqilligining 27 yillik bayram tadbirini keng nishonlash maqsadida “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida bayram ssenariysi tayyorlandi va joylarda xususan, Amfiteatr binosida, A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻining yozgi sahnasida konsert dasturlari ishlab chiqilib, ssenariy asosida viloyatimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan viloyat madaniyat boshqarmasining ovoz yozish studiyasida Vatan madhini, el yurt shukronaligini, keng imkoniyatlar davrini tarannum etuvchi yangi kuy-qoʻshiqlar yaratilmoqda.
A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida bayramoldi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.