O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bayram oldi xodimlarning xizmatga shayligi yana bir bor tekshirildi

2018-08-26 | Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 iyunda qabul qilingan  “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq bugun respublikamizning barcha hududlarida “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida bayram tantanalariga qizg’in tayyorgarlik ko’rilmoqda.

Shuningdek, qarorda  Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag’ishlab aholining keng qatlamlari ishtirokida ommaviy tadbirlar tashkil etilishi qayd etilgan. Xalqimizning azaliy orzusi bo’lgan, Vatanimizning necha yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan mustaqillik bayramini tinch va osoyishta, ko’ngildagidek bayramona kayfiyatda o’tishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bayramga tayyorgarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun poytaxtimizda joylashgan “Milliy” stadion hovlisida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tizimning turli sohaviy bo’limlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida saf ko’rigi o’tkazildi. Unda vazirlikning Namunali-ko’rgazmali orkestri tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi musiqa sadolari ostida shaxsiy tarkibning safda yurishi, ularning tashqi ko’rinishi, umumiy qilib aytganda, jangovar shayligi yana bir bor tekshirildi.

O’tkazilgan saf ko’rigi mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo’lib, odatda bu kabi saf ko’riklari ichki ishlar organlarida muntazam ravishda o’tkazib turiladi. Bundan tashqari mazkur tadbirda jamoat tartibini saqlash, yo’l-harakati, yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan xodimlarga muhim topshiriq va vazifalar berildi.

Поделиться