O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonlik talabalar Janubiy koreyalik tengdoshlari bilan Orol dengizi muammosini muhokama qilishdi

2018-08-26 | Ekologiya

Shu yilning 14-27 avgust kunlari Oʻzbekistonda Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda “Orol dengizi atrof-muhit muhofazasi” nomli xalqaro anjuman oʻtkazilmoqda.

Xalqaro anjuman 15 avgustda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boshlanib, unda Janubiy Koreyaning Koreya universitetidan tashrif buyurgan 60 nafardan ziyod professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Anjuman Samarqand, Xiva va Nukus shaharlarida ham davom etmoqda.

Anjumanda Orol dengizi muammosi nafaqat mintaqa balki butun dunyo uchun global ekologik inqiroz darajasiga chiqqani, uning salbiy taʼsirini kamaytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish uchun nufuzli xalqaro tashkilotlar, rivojlangan davlatlar barcha birgalikda harakat qilish orqaligina ijobiy natijaga erishish mumkinligi qayd etildi.

Koreya universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari iqlim oʻzgarishlari, zararli changlar, havoning ifloslanishi, sanoat korxonalari va avtomobillar chiqaradigan zaharli gazlarning ekologiyaga taʼsirini oʻz ilmiy-tadqiqotlarida koʻrsatib oʻtishdi.

Tadbir yakunida oʻzbekistonlik va Janubiy koreyalik talabalar oʻrtasida ekologik muammolar, atrof-muhit va Orol dengizi muhofazasini birgalikda himoya qilish borasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida mazkur xalqaro anjumanni har yili oʻtkazishga kelishildi.

Поделиться