O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining oltinchi majlisida ishtirok etdi

2018-08-25 | ShHT

Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov joriy yilning 24 avgust kuni Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining oltinchi majlisida ishtirok etdi.

Majlis Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Maksatbek Yesenaliyev raisligida boʻlib oʻtdi.

Majlis ishida, shuningdek, Hindiston Respublikasi huquq va adliya vaziri oʻrinbosari S.Chandra, Qozogʻiston adliya vaziri M.Beketayev, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Yuan Shuxung, Pokiston Islom Respublikasining Qozogʻistondagi elchisi Imtiyaz Ahmad Kazi, Rossiya adliya vaziri A. Konovalov va Tojikiston adliya vaziri R.Shohmurod ham qatnashdi.

Tadbirda kuzatuvchilar sifatida Afgʻoniston adliya vaziri Abdul Basir Anvar, Belarus adliya vaziri O.Slijevskiy, Eron adliya vaziri S.Avayi, Moʻgʻuliston adliya va ichki ishlar vaziri N.Sendlar qatnashdi.

Majlisda R.Davletov mamlakatimizda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan va qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarga bagʻishlangan maʼruza bilan chiqish qildi.

Oʻz maʼruzasida adliya vaziri yaqinda qabul qilingan Prezident farmoni asosida Oʻzbekiston Adliya vazirligi faoliyati tubdan isloh qilinayotgani, unda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda alohida oʻrin berilgani haqida maʼlumot berdi.

Xususan, u adliya tarixida ilk bor tuman (shahar) boʻlinmalari, Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi tarkibiy boʻlinmalari hamda Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etilganini qayd etdi.

U notariat, advokatura va FHDYO organlari sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan notarial harakatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tasdiqlashni koʻzda tutuvchi faol notariatning yangi modeli, fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlashtirish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgani, jamiyatda advokatlar mavqeini oshirish, advokatlik litsenziyasini olmasdan turib konsalting xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati paydo boʻlganini alohida taʼkidladi.

Adliya vazirliklarini xalqaro xavfsizlikning zamonaviy tahdidlariga qarshi kurashdagi roli haqida soʻzlar ekan, u insonlar, xususan, yoshlar ongi uchun kurashni muhim vazifa sifatida qayd etdi va fuqarolarimizda ekstremistik faoliyat gʻoyasiga qarshi samarali immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali barchani ularning asoratlari bilan emas, balki sabablari bilan kurashishga urgʻu berishga chorladi.

Majlis yakunlari boʻyicha adliya vazirlari tomonidan SHHTning 2025 yilgacha rivojlanish Strategiyasiga muvofiq adliya vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni koʻzda tutuvchi Qoʻshma bayonot imzolandi.

Поделиться