O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokschilarimiz dunyoni lol qoldirmoqda

2018-08-25 | Sport

Oʻzbek bokschilari Rossiya, Vengriya va AQSHda boʻlib oʻtayotgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan jahon chempionatida isteʻdodli bokschilarimizdan Temur Merjonov germaniyalik Oronzo Birardini, Abdumalik Xalokov moʻgʻulistonlik Teshkarqal Enkturni, Jahongir Rahmonov indoneziyalik Mishel Muskitani, Samandar Xolmurodov puerto-rikolik Kris Echevarriani, Navo Tamazov esa hindistonlik Nitin Kumarni magʻlubiyatga uchratdi.
 
***
 
Rossiyaning Grozniy shahrida oʻtayotgan xalqaro turnirda Nodir Mirzahmedov, Abror Qodirov, Aliyor Noraliyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
 
Finalga qadar barcha janglarda gʻalaba qozongan Shukurjon Rahimov 60 kilogramm vaznda kumush medalga sazovor boʻldi.
 
Abdulhay Shorahmatov, Bilolbek Mirzarahimov, Odil Aslonov bronza medal sohibiga aylandi.
 
***
 
AQSHning Kaliforniya shtatida oʻtkazilgan professional boks kechasida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev toʻrtinchi jangini oʻtkazdi.
 
U chililik Roman Kontrerasga qarshi bahs olib bordi. Birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi.
 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA

Поделиться