O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bayramona imtiyozlar!

2018-08-24 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida“gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʻminlash maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimiz Mustaqilligining 27 yilligini nishonlash kunlarida yoʻlovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi.

Jumladan, fuqarolarning toʻlaqonli dam olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yil 31 avgustdan 4 sentyabrgacha boʻlgan kunlarida mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarda, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdlarida ham, oilaviy, jamoa, talabalar, oʻquvchilar hamda nafaqadagilar uchun yoʻl chiptalariga 50 foizli chegirma joriy qilindi.

Поделиться