O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muloqot qildi

2018-08-24 | Siyosat

2018 yil 24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv oʻtkazdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining taʼsischi mamlakatlari sammiti ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raisligini yuqori baholab, Oʻzbekiston bilan Turkmanistonning bu boradagi loyihalari va tashabbuslari bir-birini toʻldirishini qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi koʻp qirrali aloqalarga yangi surʼat baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani taʼkidlandi.

Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться