O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bayramga tayyorgarlik jarayoni

2018-08-24 | Madaniyat

Oʻzbekistonni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli aʻzosiga aylantirgan mustaqillik barchamiz uchun azizdir. 2018 yil 28 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligi tantanalari “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkaziladi.

Vatanimizning mustaqillik shodiyonalarini, yigirma yetti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayramga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha respublikamizda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Albatta madaniy tadbirlarsiz hech bir bayram oʻtkazilmaydi. Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi tizim tashkilotlarining xodimlari bayramni munosib nishonlash uchun bel bogʻlab xizmat qilishyapti.

Vazir ham, har kuni ijodkorlar bilan sahnada tayyorgarlik ishlarini, asl rejissyorlik kasbi bilan oʻtkazmoqda.

Yaqinda barchangiz televideniye orqali jonli efirda uzatilgan tojikistonlik doʻstlarimiz bilan hamkorlikda tayyorlangan konsertni tomosha qildingiz, buning orqasida yotgan mehnat va mashaqqatli ishlarni “Oʻzbekiston” Xalqaro forumlar saroyining sahnasida oʻz chiqishlarini namoyon etgan ijodkorlar biladi, mustaqillik konserti ham shunday tayyorgarlik jarayonlarini talab etadi. Har bir ijod mahsuli oʻzgacha boʻlishi, takrorlanmasligi borasida yangi gʻoyalarni izlab topishga undaydi.

Поделиться