O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Elchixonasiga tashrif
2018-08-24 | Siyosat
2018-yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
Hindistonning sobiq Bosh vaziri Atal Bihari Vajpaining vafoti munosabati bilan Vazir Oʻzbekiston rahbariyati nomidan chuqur taʻziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga tegishli qaydni kiritdi.
Elchi Vinod Kumar Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu qaygʻuli pallada hamdardlik va dalda soʻzlarini bildirib Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga yoʻllagan maktublari uchun Oʻzbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirdi.