O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston – Belarus hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi toʻgʻrisida
2018-08-24 | Siyosat
2018-yilning 22-avgust kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Mixail Rusiy boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi.
Belarus delegatsiyasi 22-24-avgust kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Qoʻshma hukumatlararo komissiyaning oltinchi yigʻilishida qatnashmoqda.
Yigʻilishda savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.