O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahriga keldi
2018-08-24 | Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari E.Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezidentimiz bugun Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazadi.