O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” (call center) orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili

2018-08-20 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 martdagi 80-son “Adliya organlarida maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan ko‘p kanalli “Ishonch telefoni” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida o‘rnatilgan.

“Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba-juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinishi belgilab olingan.

“Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun adliya organlarida maxsus xonalar tashkil etildi va murojaatlarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar belgilangan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar 540 tani tashkil qilib, murojaatlarning 206 tasi qanoatlantirilgan, 232 tasibo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan va 88 tasi tegishliligi bo‘yicha mazmunan ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

Adliya organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning samarali ko‘rib chiqilishini tashkil etish, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish, murojaatlarni markazlashtirilgan tartibda qabul qilish hamda Vazirlik tomonidan “ishonch telefoni” orqali tushayotgan barcha murojaatlarni nazoratga olish maqsadida, adliya vazirining 2018 yil 11 maydagi 144-um-sonli buyrug‘i bilan vazirlikda “Call center” tashkil qilindi.

“Call center”ning asosiy vazifalari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, adliya organlarining “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etishdan iborat.

“Call center” ko‘p kanalli bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida xizmat ko‘rsatmoqda va O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududidan 1 008 qisqa raqami orqali bepul bog‘lanish mumkin.

“Call center” tashkil qilingandan buyon jami 7250 ta jismoniy va yuridik shaxslarning qo‘ng‘iroqlari belgilangan tartibda qabul qilinib, shundan 1 087 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 5 829 ta murojaat yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

“Call center” faoliyatini boshlagandan boshlab, fuqarolarning Adliya organlariga bo‘lgan ishonchi ortib, asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushuntirish so‘rab, notarial harakatlar yuzasidan, uy-joy masalalari, fuqarolarining Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatga olish bo‘yicha, pensiya ta’minoti, aliment undirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Yuqorida qayd qilingan murojaatlarning 334 tasi o‘rganish talab qilganligi sababli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu murojaatlarning 92 tasi qanoatlantirildi va 84 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish talab etilayotganligi sababli, jarayonda bo‘lgan murojaatlarni tashkil qiladi.

Misol uchun, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Yangilik mahallasida yashovchi fuqaro A.Askarov Toshkent viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish birlashmasidan 858 979 so‘m ish haqi to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, sudga da’vo arizasi kiritilgan hamda fuqaroga sud qaroriga asosan, 858 979 so‘m ish haqini undirish to‘g‘risida sud qarori chiqarilgan. Fuqaroning murojaati to‘liq qanoatlantirilgan.

Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Oltinsoy MFYda yashovchi fuqaro Ch.Baratova bolasiga ikki yoshgacha nafaqa puli tayinlanmayotganligidan norozi bo‘lib, Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oltinsoy MFY raisi nomiga ogohnoma kiritildi. Natijada mahalla fuqarolar yig‘inining 28.07.2018 yildagi qarori asosida fuqaro Ch.Baratovaning farzandiga nafaqa tayinlandi.

Xuddi shunday holat Nurobod tuman, Jom MFYda yashovchi fuqaro F.Bo‘riyeva ikki yoshgacha bo‘lgan bolasi uchun nafaqa puli olaolmayotganligidan norozi bo‘lib, Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jom MFY raisi nomiga ogohnoma kiritildi. Natijada mahalla fuqarolar yig‘inining 28.07.2018 yildagi qarori asosida fuqaro F.Bo‘riyevaning farzandiga nafaqa tayinlandi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyat, Navoiy shahar, A.Avloniy ko‘chasi, 13-uy, 1-xonadonda yashovchi fuqaro V.Barsukov o‘zi istimoqat qilayotgan A.Avloniy ko‘chasi, 13-uy, 1-xonadondagi suv quvurlaridan issiq suv toshib ketganligi, mazkur masala yuzasidan Navoiy shahar “Gulobod” shirkatiga hamda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga bir necha marta issiq suv quvurlarini ta’mirlab berish bo‘yicha murojaat qilganligi biroq, hech qanday natija bo‘lmaganligi sababli Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati yuzasidan Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, natijada fuqaroning issiq suv quvurlari to‘liq ta’mirlab berildi.

Поделиться