O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urug‘lik paxta maydonlarida aprobatsiya ishlari boshlandi

2018-08-17 | Innovatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3683 sonli qarorida urug‘chilik sohasini tubdan takomillashtirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni xalqaro bozorlarga ilgari surish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berildi.

Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikamiz fermer xo‘jaliklariga g‘o‘za, boshoqli don hamda boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori sifatli navdor urug‘ligi bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora tadbirlar olib borilmoqda.

Respublikamizda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini kelgusi yilda yuqori hosilli hamda sifatli urug‘lik chigit bilan uzluksiz ta’minlab borish maqsadida, har yili urug‘lik paxta uchun ekilgan maydonlarda aprobatsiya (dala ko‘rigi) o‘tkaziladi.

Bu yilgi qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta murakkab, suv tanqisligi yuz bergan yilda g‘o‘za aprobatsiyasini mintaqalarning turli tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib belgilangan muddatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermer xo‘jaliklari o‘rtasida urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun o‘tkazilgan tanlovlarda 4505 ta fermer xo‘jaligi ushbu vakolatni qo‘lga kiritib ular tomonidan 143,0 ming gektar maydonda g‘o‘zaning rayonlashgan ertapishar navlaridan 90,2 ming gektar, jumladan; Sulton (27,8 ming/ga), Buxoro-102 (12 ming/ga), Namangan-77 (11,8 ming/ga ),An-Boyovut-2 (6,9 ming/ga ), ), Andijon-35 (7,6 ming/ga ), Omad (4,7 ming/ga), Porloq-1 (2,5 ming/ga) kabi, o‘rtapishar navlaridan 36,7 ming gektar, jumladan; Buxoro-6 (7,6 ming/ga ), S-6524(15,9 ming/ga), Xorazm-127 (4,1 ming/ga), Mehnat (2,8 ming/ga) va istiqbolli va yangi navlaridan 16,1 ming gektar maydonga urug‘lik uchun ekilib parvarishlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zpaxtasanoat AJ tomonidan 2018 yilda tanlovdan o‘tgan fermer xo‘jaliklarining urug‘lik paxta yetishtirish uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish chora tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish qo‘shma bayoni tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilning 10 avgustdan 25 avgustgacha urug‘lik uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida navlar bo‘yicha Davlat standarti talabiga javob beradigan urug‘lik maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish belgilab berilgan.

Shuningdek, joriy yilning 10 avgustiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi urug‘chilik fermer xo‘jaliklarining rahbarlari, katta aprobatorlar, inspektor aprobatorlar, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislar, paxta tozalash korxonalarning tayyorlov va urug‘chilik bo‘limlari, paxta va elita laboratoriyalarining mudir va mutaxassislari ishtirokida urug‘lik uchun ajratilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, urug‘lik paxtani terish, quritish, qabul qilish, saqlash va hujjatlashtirish ishlarini urug‘chilik sohasiga oid normativ-huquqiy xujjatlarga asosan amalga oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazish vazifasi belgilangan. Ushbu ishni sifatli va o‘z muddatida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, fermer xo‘jaliklarining rahbarlari, katta aprobatorlar va inspektor aprobatorlar uchun Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan “Urug‘lik uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazishga oid qo‘llanma”ning yangi tahriri tayyorlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalariga yetkazib berildi.

Shundan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda paxta ekiladigan maydonlarni genetik sof, xo‘jalik sifat ko‘rsatkichlari eng yuqori urug‘liklar bilan ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan, istiqbolli va yangi navlar ekilgan urug‘lik maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazish jarayoni ko‘rgazmali seminar tarzida tashkil etildi.

Jumladan, joriy yil 14 avgust kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Hosil mehnat ko‘rki” elita urug‘chilik fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi ekilgan maydonida viloyat hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi va tumanlar qishloq xo‘jalik bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi “Agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi”ning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari rahbar va mutaxassislari, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rahbar va mutaxassislari, “O‘zagrokimyo himoya”AJ, O‘zR FA qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy –ishlab chiqarish markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari, nav mualliflari va seleksioner olimlar, paxta tozalash korxonalari rahbarlari, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Andijon tajriba stansiyasi xodimlari hamda viloyatdagi urug‘lik paxta yetishtirayotgan 444 ta fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda aprobatsiyani yuqori aniqlikda sifatli o‘tkazish, urug‘lik fondini yaratish uchun kasalliklar va zararkunandalarga chalinmagan, mahsuldor, nav tozaligi yuqori bo‘lgan dalalarni tanlashga ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu o‘z navbatida kelgusi yil paxta maydonlarini genetik sof, xo‘jalik sifatlari jihatidan eng yaxshi urug‘lik bilan ta’minlashga zamin yaratadi.

Bundan tashqari joriy yilda Andijon viloyatida 13,1 ming gektar urug‘lik maydonlarining 3,1 ming gektarida Sulton, 4,0 ming gektarida Andijon-35, 4,2 ming gektarida Andijon-36, 1,1 ming gektarida Andijon-37, 0,65 ming gektarida istiqbolli Kelajak, Istiqlol-14, O‘zPITI-201 navlari aprobatsiyadan o‘tkazilishi ta’kidlab o‘tildi.

Поделиться