O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi

2018-08-17 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Avval xabar berilganidek, tashrif asnosidagi muzokaralarda ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilib, hamkorlikni yanada rivojlantirishning, unga uzoq muddatli va keng ko‘lamli tus berishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladilar. 

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar. 

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilmoqda. 

Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazish, Samarqand shahrini ziyorat qilish ham joy olgan. 

Поделиться