O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlikda “Ajlan & Bros.” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2018-08-17 | Texnologiyalar
2018 yilning 16 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov “Ajlan & Bros.” kompaniyasi guruhi raisining o‘rinbosari, shayx Mohammed Abdulaziz Al-Ajlan (Saudiya Arabistoni) bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar elektron tijorat, “elektron to‘lov“lar, raqamli savdo platformalari uchun “aqlli tizim“ hamda boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun sarmoyaviy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Saudiyalik tadbirkor “Ajlan & Bros.” kompaniyasi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonda katta salohiyat ko‘rayotganini ta’kidladi.
Muzokaralar natijasida har ikki tomon 2018 yilning sentyabridan boshlab investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda davom ettirish, hamkorlik yuzasidan tegishli hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.