O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziya Elchisi bilan uchrashuv
2018-08-17 | Siyosat
2018-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Malayziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hendi Assan bilan uchrashdi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, transport va boshqa sohalarda rivojlanish uchun ulkan salohiyatlarga ega O‘zbekiston – Malayziya munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlar, Qo‘shma savdo qo‘mitasi yig‘ilishi hamda ishbilarmon doiralarning biznes-forumini o‘tkazish muddatlari borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, turizm sohasi madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning muhim qismi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan Elchi malayziyalik turistlar uchun vizasiz tartib joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonining qarori uning mamlakatida mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi.