O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Savdo vakili yordamchisi bilan uchrashuv
2018-08-16 | Iqtisodiyot
2018-yilning 16-avgust kun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Savdo vakili yordamchisi Mark Linskott boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarga qilgan rasmiy tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan 4,8 mlrd AQSH dollari miqdoridagi investitsion va savdo shartnomalarini amalga oshirishning borishi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar 2018-yilning birinchi choragida AQSHning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy investor bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. AQSH ulushi 28%ni tashkil etdi.
Uchrashuvda Amerika tomonining 2018-yil oktyabr oyida “O‘zbekistonda AQSH biznesi haftaligi”ni o‘tkazish tashabbusi muhimligi qayd etildi.
Ikki davlat vakillari O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini yangilash to‘g‘risidagi takliflar borasida ham fikr almashdilar.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular ham ko‘rib chiqildi.