O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jurnalistlar uchun trening

2018-08-16 | Jamiyat

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Mehnat huquqlari himoyasini xolis yoritish va axborotni o‘z vaqtida taqdim etish mexanizmlari” mavzusida jurnalistlar uchun seminar-trening o‘tkazildi. 

Trening maqsadi – majburiy va bolalar mehnati masalalariga e’tibor qaratgan holda mehnat me’yorlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tashish, axborot texnologiyalarining yangi mexanizmlari bilan ishlashdagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, mutasaddi vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari va OAV vakillari bilan samarali hamkorlik o‘rnatishdan iborat. 

Bizda mehnat huquqlari himoyasi qay darajada? Uning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi qoniqarlimi? Ushbu savollarga mazkur trening davomidagi muhokamalarda atroflicha javob berildi. 

Mamlakatimizda aholini munosib ish bilan ta’minlash, mehnat me’yorlarini bajarish, bolalar va majburiy mehnatning istalgan ko‘rinishining oldini olishga qaratilgan samarali ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar va majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilgani haqida ta’kidlab o‘tgan. 

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu tashkilotning 14 konvensiyasi, majburiy hamda bolalar mehnatini keskin bartaraf etish haqidagi konvensiyalar ratifikatsiya qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari ijrosi muhokama qilinadigan yig‘ilishlarda O‘zbekiston 25 davlatdan chiqarib tashlangan. 2015 yilda esa mazkur masalada muammolar bor bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilmagan. 2017 yilning 3 fevralida Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yilganini rasman e’lon qildi. 

2018 yil 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ommaviy axborot vositalarining turli shakldagi majburiy mehnatga qarshi kurashishda faol hamkorlik qilishi aytilgan. 

Shu munosabat bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalqaro mehnat tashkilotining uchinchi tomon monitoringi loyihasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida 6-15 avgust kunlari Urganch, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar uchun treninglar tashkil etildi. 

Toshkentda o‘tkazilgan trening ham amaliy muloqot, o‘zaro fikr almashish, interaktiv o‘yinlar bilan qiziqarli bo‘ldi. Bu jurnalistlarning professionallik darajasini oshirishga, hududiy OAVda mehnat huquqlari, munosib mehnat, majburiy mehnat kabi mavzularni keng yoritishga imkon beradi. 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться