O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolar uchun byudjet

2018-08-15 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar uchun byudjet” nashri. Ushbu nashr bilan O‘zbekiston o‘z aholisiga davlat moliyasi, Davlat byudjeti mablag‘larini shakllantirish manbalari va sarflash yo‘nalishlari to‘g‘risidagi axborotni qulay va tushunarli shaklda taqdim etadigan jahonning 100 ta mamlakatlari safiga qo‘shilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga qilgan Murojaatnomasida Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari xalq uchun ochiq-oshkora bo‘lishini ta’minlash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. O‘z navbatida, byudjet ma’lumotlarini jamoatchilik uchun ochiq-oshkora bo‘lishi davlatimiz rahbarining “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi lozim”, degan tamoyillariga to‘liq mos keladi.

Aholining keng qatlami uchun axborotning mazmunan qulayligini ta’minlash byudjet borasida fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlarining samaradorligini oshirishda muhim yo‘nalish hisoblanadi. Tan olish kerakki, bugungi kungacha chop etilayotgan byudjet ma’lumotlari odatda ko‘pchilik fuqarolar uchun amaliy ahamiyat kasb etmas edi.

Ushbu nashr 2018 yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti parametrlari doirasida tuzilgan bo‘lib, unda byudjet daromadlari va ustuvorliklari, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni moliyalashtirish va kutilayotgan maqsadlar haqidagi axborot fuqarolar uchun tushunarli bo‘lgan tilda izohlar va tushunti4 Fuqarolar uchun byudjet rishlar bilan ochib berilgan.

Mazkur nashrning asosiy afzalliklari bo‘lib qulay navigatsiya va ma’lumotlarni infografika orqali ko‘rsatish hisoblanadi va, fikrimizcha, bu har bir fuqaroga respublikada olib borilayotgan byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida axborot olishida yordam beradi.

Endilikda “Fuqarolar uchun byudjet” muntazam ravishda chop etiladi va u aholini Davlat byudjeti haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash bilan bir qatorda, ularning davlat byudjet siyosatini shakllantirishda ishtirokini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Bugun e’tiboringizga havola etilayotgan “Fuqarolar uchun byudjet” Moliya vazirligining bu yo‘nalishdagi ilk tajribasidir va biz mazkur nashr bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni metodsovet@mf.uz manzilida qabul qilishdan mamnunmiz. Bergan takliflaringiz “Fuqarolar uchun byudjet”ning keyingi nashrlarida hamda keyingi yillar uchun byudjet loyihalarini tayyorlashda, albatta, hisobga olinadi.

Byudjet ma’lumotlarining fuqarolar uchun taqdim etilgan ushbu ko‘rinishi byudjet mablag‘larini shakllantirish va ularni sarflash haqida axborot beruvchi foydali manba bo‘lishiga hamda byudjet masalalari bo‘yicha fuqarolar bilan o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yishiga chin dildan ishonib qolamiz.

Поделиться