O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kurash – ilk marotaba Osiyo o‘yinlarida!

2018-08-15 | Sport

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 28 ta sport turida 230 nafardan ortiq sportchi bilan birga ishtirok etmokda.

Shuningdek, mamlakatimizdan 100 dan ortiq rasmiy shaxs (murabbiylar, shifokorlar, menejerlar, OAV xodimlari) Jakartadagi o‘yinlar davomida faoliyat olib boradi.
 
Qit’a mamlakatlari qatorida O‘zbekiston ham ushbu nufuzli musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Osiyo o‘yinlarida qit’amizning 45 mamlakatidan 11 300 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.
 
Atletlar sportning 40 turi, 67 yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.
 
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari butun o‘zbek sporti uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy sportimiz hisoblangan kurash ilk marotaba Osiyo o‘yinlari dasturiga aynan Jakartada kiritilgan.
 
Shuningdek, sportning jiu jitsu, penchak silat, sambo va ot sporti (konkur) kabi turlarida sportchilarimiz birinchi marta Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishadi.
 

N. Rajabova, O‘zA

Поделиться