O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Tojikiston FVQ va FM o‘rtasida qo‘shma hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2018-08-15 | Jamiyat
2018 yil 14 avgust kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari va Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi qo‘mitasi mas’ul xodimlari o‘rtasida qo‘shma xay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish doirasida ikki davlat o‘rtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va ularni oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad 2018-2019 yillarda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va ularni oqibatlarini bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.
Hay’at yig‘ilishi so‘ngida soha yo‘nalishidagi bir qator idoraviy hujjatlarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan chora tadbirlar rejasi imzolandi.