O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MTM oshxonasi va oshpazlariga qanday talablar qo‘yildi?

2018-08-14 | Jamiyat

Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oshpazlar uyushmasi hamkorligida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi” va “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovlarining mamlakat bosqichi o‘tkazildi.

Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirishni keng targ‘ib etish, maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlarining ijodkorligini jonlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda g‘olib bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalarining oshpazlari ishtirok etdi.
 
– Tanlovning mamlakat bosqichida ishtirokchilarimiz taom tayyorlash texnologiyasi, me’yorlari hamda tarbiyalanuvchilar salomatligi ta’siriga oid test savollari orqali nazariy bilimlarini namoyon etdi – deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Sodiqov. – Keyingi bosqichlarda esa bolalar uchun ichimliklar, nonushta hamda tushlik uchun taomlar, shirin kulchalarni turli xil usullarda tayyorlab, hay’at a’zolariga baholash uchun taqdim etdi. Taom tayyorlash va taqdimot uchun ishtirokchilarga 120 daqiqa ajratildi.
 
“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi” tanlovi bo‘yicha birinchi o‘ringa Farg‘ona shahridagi 52-maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi Ahliddin G‘ulomov munosib deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 359-maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi O‘g‘iloy Muhammadsoliyeva band qildi. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 4-MTM oshpazi Muhayyo Begmatova uchinchi o‘rin bilan taqdirlandi.
 
“Yilning eng namunali oshxonasi” tanlovi bo‘yicha esa birinchi o‘rin Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 9-maktabgacha ta’lim muassasa oshxonasiga berildi. Ikkinchi o‘ringa Samarqand shahridagi 98-maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 3-maktabgacha ta’lim muassasa oshxonasi egalladi.
 
G‘oliblar diplom, sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
 
 

Поделиться