O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adabiy aloqalar yanada mustahkamlanadi

2018-08-10 | Jamiyat

“O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Yesdavlat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adabiyotshunos olimlar, elimiz ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Sayyid, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi U.Yesdavlat ikki davlat rahbarlarining o‘zaro do‘stona munosabati, barcha sohalardagi hamkorlik adabiy aloqalarni mustahkamlashda ham o‘z ifodasini topayotganini ta’kidladi.

Ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlashda adabiy aloqalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

So‘nggi yillarda milliy adabiyotimizni rivojlantirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, bu jarayonda dunyo xalqlarining, jumladan, qardosh ellarning adabiyoti bilan yaqindan tanishish, ularning eng sara adabiy asarlarini asliyatidan o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.

– Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, deb e’lon qilinishi, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Abay adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga doir qarorning qabul qilingani bu ikki qardosh xalqning bir-biriga hurmat-e’tibori mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir, – dedi U.Yesdavlat. – Biz, qozog‘istonlik ijodkorlar bundan juda mamnun bo‘ldik. Bu davlatingiz rahbarining adabiyotga, ijod ahliga ko‘rsatayotgan e’tiborining yorqin ifodasidir. O‘zbek va qozoq xalqi ijodkorlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirish yo‘lidagi ushbu tashabbus kelgusidagi ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda O‘zbekiston va Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Abdulaziz Musayev, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA

Поделиться