O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Macro-Advisory” konsalting kompaniyasi xulosasi: O‘zbekiston – eng istiqbollid avlatlardan biri

2018-08-09 | Jamiyat

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bosh ofisida AQSHning “Air Products” kompaniyasi ijrochi direktori, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Seyfi Gasemi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Alisher Sultonov va AQSHning “Air Products” kompaniyasi ijrochi direktori, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Seyfi Gasemi tomonlar o‘rtasida manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. 

Mazkur “Air Products” jahonda o‘z nufuziga bo‘lgan kompaniya hisoblanadi. U o‘zining 50 mamlakatda 15 ming nafarga yaqin xodimiga ega. Kompaniyaturli tarmoqlar asosida faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. 

Kompaniya O‘zbekistonga uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni kiritishdan manfaatdor. Janob Gasemining ta’kidlashicha, kompaniya yurtimiz bozorida to‘la qonli ishtirokchiga aylanish istagida. Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari, jumladan, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya va boshqalar, ehtiyoji uchun sanoat gazini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga investitsiya kiritishga tayyor. Tabiiy gazdan polimerlar ishlab chiqarish (MTO) bo‘yicha loyihaga ham qiziqish bildirmoqda. 

Uchrashuv chog‘ida Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya va O‘zbekistonkompaniya rahbariyati istiqbolli va xorijiy investorlar uchun xavfsiz davlatlar deb tan olingani va mamlakatimizga investitsiya kiritish borasida qaror qabul qilganini alohida ta’kidlab o‘tdi janob Seyfi Gasemi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “Air Products” kompaniyasi “Macro-Advisory” konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda dunyoning istiqbolli davlatlarini aniqlash maqsadida mustaqil audit o‘tkazgan. Unga ko‘ra, yurtimizning barcha soha va jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kafolatlash, investorlar va ishbilarmonlar huquqini himoya qilish, moliya va sud sohalaridagi o‘zgarishlar va yana,eng muhimi, korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlarini joriy etish borasida sa’y-harakatlar O‘zbekiston nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda investitsiya kiritish bo‘yicha eng istiqbolli davlatlardan biri deb topilgan. 

Yakunda tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish va ikki oy muddatda neft-gaz, kimyo va metallurgiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq takliflar ishlab chiqishga kelishib oldi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться