O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbek adabiyoti muhokamasiga bag‘ishlangan anjuman boshlandi
2018-08-08 | Jamiyat
Dunyoning 20 davlatidan 48 yozuvchi va shoir ishtirok etayotgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini Oliy Majlis Senati raisi N.Yo‘ldoshev o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch, Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi, Ozarbayjon xalq yozuvchisi Anor, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Esdavlat, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Nizom Qosimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.