O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qovun sayliga marhamat!

2018-08-08 | Jamiyat

Har yili an’anaga aylangan, chinakam bayram va mehmondo‘stlik ruhida o‘tkaziladigan qovun sayli bu yil “Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi” shiori ostida 12 avgust kuni Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey - qo‘riqxonasi hududida o‘tkazilishi belgilandi.

Dunyoga mashhur Xorazm qovunlarining tilni yorar shirasidan bahramand bo‘lish istagidagi barchani an’anaviy sayil tomoshalariga taklif etamiz.

Dastur doirasida teatrlashtirilgan tomoshalar, ashula va raqs ansambllari hamda folklor etnografik jamoalarning chiqishlari, el suygan san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert, viloyatning qovun yetishtiruvchi dexqonlari o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha musobaqalar va hunarmandlarning milliy ijod namunalaridan ko‘rgazmalar tashkillashtirish hamda boshqa turli xildagi ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Ochiq osmon ostidagi muzey” ko‘hna va hamisha navqiron Xivada bo‘lib o‘tadigan “Qovun sayli”ga marxamat!

Поделиться