O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya va iqtisodiy farovonlik

2018-08-08 | Jamiyat

Adliya vazirligida o‘tkazilgan davra suhbati shunday nomlandi.

Tadbirda Toshkent shahridagi tadbirkorlar, xorijiy investorlar, konsalting firmalari vakillari ishtirok etdi.
 
Tadbirda soha mutaxassislari Prezidentning 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi.
 
Farmonda belgilagan tartibda tuman, shahar hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish nazarda tutilgan.
 
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish imkoniyati yaratilgan.
 
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida investitsiyaviy faoliyatni tartibga soluvchi yagona qonun hujjati loyihasini tayyorlash, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan valyuta tushumlarini ularning hisobraqamiga kelib tushishini kechiktirganlik uchun jarima qo‘llash amaliyotini bekor qilish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan isloh qilish kabi muhim islohotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
 

M.Toshqorayeva, O‘zA

Поделиться