O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Somon Air” samolyoti Buxoroda

2018-08-08 | Jamiyat

Tojikiston Respublikasining “Somon Air” milliy aviakompaniyasiga tegishli “Boing – 737 - 300” samolyoti “Buxoro” xalqaro aeroportiga texnik-tanishuv reysini amalga oshirdi. 

Shu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Buxoro shahar hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi. 

Yo‘lovchilar orasida qo‘shni mamlakat aviakompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Suhrob Jo‘rayev boshchiligidagi kompaniyaning bir guruh mas’ul xodimlari, sayyohlik firmalari rahbarlari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bor edi. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikmunosabatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va boshqa yo‘nalishlarda aloqalar jadal rivojlanmoqda. Bu Tojikiston Respublikasi bilan munosabatlarda ham o‘z ifodasini topayotir.

– Ikki mamlakat o‘rtasida fuqarolarning bir oy muddatga vizasiz kirish tartibi joriy etilgani har qancha tahsinga sazovor ish bo‘ldi, – deydi mehmonlardan biri Madina Vaidova. – Ortiqcha rasmiyatchilikka o‘rin qolmagani tufayli endilikda fuqarolarimiz o‘zaro mehmonga bemalol kelib ketadi. To‘y va turli marosimlarda ishtirok etadi. Tojikistonda yurtingiz, jumladan, Buxoroning qadimiy yodgorliklari, ziyoratgohlarini ko‘rish istagida bo‘lganlar ko‘p. Yaqin vaqtlarda Dushanbe va Buxoro shaharlari o‘rtasida samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgani ayni muddaodir. 

Mehmonlar Buxoroning tarixiy-me’moriy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. “Buxoro” xalqaro aeroportida yaratilgan qulayliklar, havo laynerlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tojikistonlik uchuvchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Xorijiy aviakompaniya yo‘lovchi samolyotining tanishuv reysi muvaffaqiyatli o‘tdi. Uni ko‘zda tutilayotgan muntazam qatnovlarning tashrif qog‘ozi, deyish mumkin. 
 

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat) O‘zA

Поделиться