O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-08-07 | Jamiyat

Ma’lumki, to‘qimachilik va yengil sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan soha rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning muhim omili sanaladi.

Hozirgi kunda respublikamizda 7 mingga yaqin tekstil korxonalari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik tarmog‘i shakllantirilgan.

Natijada 1,4 million tonna hajmdagi paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari yaratilgan, shundan 60 foizga yaqinidan mahalliy to‘qimachilik korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida zaminimizda yetishtirilgan paxta xom ashyosini o‘zimizda qayta ishlash hajmi tobora oshib bormoqda. Sohada tatbiq etilayotgan yirik loyihalar eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ichki bozorlarni raqobatbardosh kiyim-kechak va boshqa iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish imkonini yaratmoqda.

Har yili dunyoning to‘qimachilik sohasida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda tekstil korxonalari faol ishirok etib kelmoqda.

Ushbu korxonalar ip kalavadan tortib tayyor buyumgacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yetkazib bermoqda.

Zamonaviy dizayn va yuqori sifatli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlab, ularning xalqaro bozorda munosib o‘rin egallashi uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Xususan, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari, Yaqin sharq mamlakatlari va shuningdek Afrika mamlakatlarga o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ip kalavalar, trikotaj mahsulotlari, tayyor kiyim-kechaklar, bolalar kiyimlari eksport qilinmoqda.

2018 yilda tekstil sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 1 mlrd 600 mln. dollarlik mahsulot eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatida 400 dan ortiq tekstil sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar nafaqat ichki bozorda, balki tashki bozorda o‘zining brendiga ega, aniq buyurtmalar asosida ishlaydigan zamonaviy korxonalar sifatida shakllanmoqda.

Joriy yilning 06 avgust kuni Toshkent viloyati hokimi va viloyatdagi to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, paxta tolasini to‘liq qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Korxonalarning ishlab chiqarish ko‘lamini, samaradorligini, eksport salohiyatini oshirish, mavjud korxonalarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida muzokaralar o‘tkazildi.

Sohani yanada rivojlantirish maqsadida to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yangi ish boshlagan tadbirkorlik subyektlari uchun tajribali korxonalar ishlab chiqarish jarayoni, marketing tajribalarini almashish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etish taklifi kiritildi.

Toshkent viloyatida to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi xaridorlar topish muhim vazifalardan biri sanaladi.

Sohada sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, bo‘sh turgan va investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda beriladigan bino va inshoatlarda ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться