O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi – Turkmanistonda

2018-08-07 | Jamiyat

Turkmaniston Madaniyat vazirligining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari K.Akilova boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning tarixiy va madaniy boyliklari bilan tanishish, o‘zaro tajriba almashish hamda O‘zbekiston – Turkmaniston o‘rtasidagi ikki tomonlama madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida ushbu davlatga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari to‘rt kunlik tashrifi davomida Turkmanistonning Lebap, Mari, Axal, Toshovuz viloyatlarida hamda mamlakat poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lishib, madaniyat va ma’rifat sohasi xodimlari bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishdi, muzeylar, kutubxonalar, teatrlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Madaniyati, tili, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan bu ikki xalqning o‘tmish tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi.

Delegatsiya a’zolari hozirgi Turkmaniston hududida turli davrlarda qurilgan Sulton Sanjar, Shayx Najmiddin Kubro maqbaralari, Sulton Ali, To‘rabekxonim tarixiy-me’moriy obidalari, Doyaxotin karvonsaroyi, Ko‘hna Urganch xarobalarini borib ko‘rdilar. Dehiston, Amul, Dandonakan, Nusay kabi qadimiy shahristonlarida olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Turkmaniston tasviriy san’at muzeyi, Turkmaniston davlat milliy madaniyat markazi, Turkmaniston Bosh drama teatri, Turkmaniston davlat Bosh kutubxonasi ijodiy jamoalari bilan qiziqarli uchrashuvlar tashkil etildi.

Nihoyatda samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvlar chog‘ida kutubxonalar bilan tarixiy-ilmiy, badiiy adabiyotlarni almashish, madaniyat va san’at sohasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish, teatrlar jamoalarining ijodiy safarlarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Поделиться