O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Erkin Turdimov boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘shrabot tumanini o‘rganishni boshladi

2018-08-06 | Jamiyat

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov tashabbusi bilan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik nazorati guruhlari 6 avgustdan viloyatning Qo‘shrabot tumanida o‘rganish ishlarini boshladi.

Bundan avval mazkur guruhlar 24-iyul – 1-avgust kunlari Paxtachi tumanida faoliyat olib borib, aholi xonadonlari, mahallalar, ta’lim va tibbiyot muassasalarida bo‘lib, real holat bilan yaqindan tanishdi, odamlar bilan suhbatlashdi. Tumandagi 27 ming 521 ta xonadon egalari bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari bilan qiziqdi. O‘rganish va suhbat jarayonida 7 ming 500 dan ziyod turli muammolar aniqlandi.

Jamoatchilik nazorati guruhlarining o‘rganish yakunlari viloyat hokimi ishtirokida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi, tegishli viloyat tashkilotlariga topshiriqlar berildi.

Viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat guruhlar bugun erta tongdan tumandagi 39 mahallaga chiqib, uyma-uy yurishni boshladi. Jamoatchilik nazorat guruhlari ishini viloyat hokimining ikki o‘rinbosari muvofiqlashtirib bormoqda.

 

G‘.Hasanov, O‘zA
 

Поделиться