O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston delegatsiyasi Samarqand shahrida
2018-08-06 | Jamiyat
Joriy yilning 3 avgust kuni Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Orzumbekzoda Shamsiddin boshchiligidagi Tojikiston Respublikasining “Do‘stlik” delegatsiyasi Samarqand xalqaro aeroportida karnay-surnay sadolari ostida, tantanali kutib olindi.
Martabali mehmonlarni kutib olish uchun Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi ijodkorlar, san’at ustalari olimlar va yoshlardan iborat guruh Samarqand xalqaro aeroportiga chiqdilar.
Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan martabali mehmonlar Samarqand shahridagi ziyoratini birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Hozirda mehmonlarning Samarqand shahriga sayohati davom etmoqda.