O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ektor kuper Toshkentda
2018-08-06 | Sport
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarib borishini xabar qilgan edik.
Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun tonggi soat 06:10da yurtimizga yetib keldi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilindi. Argentinalik mutaxassisni futbol jamoatchiligi kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00da Milliy Olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi.