O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirdi

2018-08-06 | Siyosat

2018-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Mazkur Bitim 2017-yilning 5-dekabr kuni Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni tranzit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash bo‘yicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.

Ushbu hujjat qoidalariga ko‘ra tomonlar bir-birlariga o‘z davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar hamda temir yo‘l orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar.

Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Поделиться