O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arabistonlik sayyoh rasmiy doira vakillari bilan uchrashdi

2018-08-03 | Turizm

Saudiya Arabistonidan navqiron Xiva shahriga tashrif buyurib, o‘zbek xalqi uning madaniyati haqida arab tilida o‘z asarini yozib, uni o‘zbek tilida chop etish taklifini bildirgan Janob Aldarazi haqida xabar bergan edik.

2018 yil 1-avgust kuni Xorazm viloyati hokimining Turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov boshchiligida Xiva shahar hokimi E.Yaqubov, Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari, Xorazm Ma’mun akademiyasi xodimlari bilan birgalikda uchrashuv tashkillashtirildi.

Sayohatlari davomida o‘zbek xalqiga xos ko‘plab jihatlar diqqatini tortgani va ularni o‘z asarida ko‘rsatib o‘tganini aytib o‘tdi. Xiva shahar hokimi tomonidan arab tili grammatikasi va fonetikasini yaratishda muhim hissa qo‘shgan Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy hayoti va uning Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof “ asari haqida ma’lumotlar berildi.

Viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T. Davletov janob Aldaraziga tashrifi va o‘zbek xalqi haqida yozilgan asari uchun minnatdorchilik bildirdi. Yaqin kunlarda kitobning nafaqat o‘zbek tilida balki boshqa chet tillarida ham chop etish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam berishlarini aytib o‘tdilar. Mehmonlarimizga esdalik sovg‘alarini topshirib, o‘zbek xalqiga xos mehmondo‘stlik bilan Xorazm suzma paloviga taklif qildilar.

Поделиться