O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Elchisi bilan uchrashuv
2018-08-02 | Siyosat
2018-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida 2018-yil 24-27-iyul kunlari Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalari bo‘yicha vazirlar konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvlar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda bo‘lajak O‘zbekiston-AQSH uchrashuvlari jadvali va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.