O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand yanada obod va ko‘rkam bo‘ladi

2018-08-02 | Jamiyat

Samarqanddan xorijlik va mahalliy sayyohlarning qadami yil davomida uzilmaydi. Demak, shu yurtning toza-ozodaligi, obodligi, aholisi uchun zarur turmush sharoiti yaratilishi juda muhim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.

Ushbu mablag‘ning asosiy qismi – 334,4 mlrd so‘mi Samarqand shahri aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohada uchrayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.

“O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi” deb ta’rif beriladigan Samarqandda ajratilayotgan mazkur mablag‘ hisobidan 317 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanadi va hudud obodonlashtiriladi, 71 ta lift o‘rnatiladi, obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli avtomatik vositalar xarid qilinadi, 4 ta markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi qayta tiklanadi, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, yo‘llarning holati yaxshilanib, ichimlik suv tarmog‘i tartibga keltiriladi.

Ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hamda buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimligi huzurida “Qurilish va obodonlashtirish direksiyasi” tashkil etilgan.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov sohaning bir guruh mutasaddilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish, jiddiy muammolarini birinchi navbatda hal qilish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Поделиться