O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasidagi rivojidagi amaliy ishlar bayonidan

2018-08-01 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 martdagi “Yo‘l bo‘yi va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan mehmonlar va sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ishchi guruh shakllantirildi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan mas’ul etib tayinlangan M. Xaitova boshchiligida belgilangan hududlar bo‘ylab borib o‘rganildi.

Amaliy ishlar chog‘ida viloyatdagi sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandlar uylari, umumiy ovqatlanish obyektlari, aholi gavjum joylar, bozorlar, shoxbekat, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shahobchalari, istirohat bog‘lari va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi sanitariya-gigiyena uzellarining arxitektura-qurilish hamda sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlariga mosligi o‘rganilib, ularni zamonaviy talablar asosida qayta qurish, ta’mirlash bo‘yicha yutuq hamda kamchiliklari o‘rganildi.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan bugun “Xorazm Palace” mehmonxonasining majlislar zalida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan hisobot majlisi tashkillashtirildi, unda ishchi guruh tarkibiga kiruvchi barcha idora- tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etdilar va mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘zlariga tegishli topshiriqlarni berilgan muddat bo‘yicha qabul qilib oldilar.

O‘ylaymizki bunday chora-tadbirlar sohadagi kamchiliklarni bartaraf qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться