O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vaziri ijodiy imtihonlarni ko‘zdan kechirmoqda

2018-07-30 | Madaniyat

Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlarida ijodiy (kasbiy) imtihonlar davri boshlandi, shu munosabat bilan, bugun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

Ijodiy imtihonlar bilan tanishish maqsadida abituriyentlarning imtihon topshirayotgan jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bu yildan boshlab imtihonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha oliygohlarda teleekranlar o‘rnatildi, bunda ota-onalar va abituriyentlar bo‘layotgan jarayonlarni jonli kuzatib turish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Vazirning o‘zi ham bu jarayonni ota-onalar bilan birgalikda kuzatib, ular bilan bo‘lgan suhbatda bo‘ldi.

Haqiqatdan ham ijodiy imtihonlarning bunday tarzda o‘tkazilishi kishini xayratda qoldiradi, bu avvalom bor, Hurmatli Yurtboshimizning kadrlar siyosatini tubdan isloh etishning bir omilidir. Xaqiqiy kasb egalarini namoyon etish uchun ularga chuqur bilim berish tizimidan boshlanadi, bejiz emas bu siyosatni oliygohlardan boshlangani.

Shu bilan birga, Baxtiyor Sayfullayev ijodiy imtihonlarga shay bo‘lib turgan abituriyentlar bilan suhbatda bo‘lib, “Men ishonaman siz o‘z bilimingizni va iste’dodingizni sahnada hayajonsiz ko‘rsatib bera olasiz, chunki haqiqiy iste’dod egasi, albatta shu oliy dargohning talabasiga aylanadi” deya, ularga omad tilab qoldi.

Поделиться