O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri - Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro valyuta jamg‘armasining A.Eger boshchiligidagi vakillari bilan yakuniy uchrashuvi

2018-07-30 | Iqtisodiyot

Tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan masalalarga asosiy e’tiborni ajratdilar.

Janob A.Eger tomonidan valyuta bozori va savdoning erkinlashtiruvi, hamda O‘zbekistonning chegaralarini ochilishi, 2018 yilning birinchi yarmida eksport va importning prognoz ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshishiga olib kelgani ta’kidlandi.

Iste’mol narxlari indeksining (INI) 2017 yil birinchi yarmi bilan taqqoslaganda, 2018 yil yanvar-iyun oylarida inflyatsiya darajasi bir foiz punkti - 6¼ foizgacha sekinlashib, inflyatsiya INI bo‘yicha yillik hisob bo‘yicha yanvar oyidan boshlab asta-sekinlik bilan maksimal 20½ foiz darajasidan iyun oyiga qadar 18½ foizga kamaydi. 

Soliq islohoti hukumatning eng muhim iqtisodiy loyihasi hisoblanib, u avvalo yanada yuqori sifatli ish o‘rinlarini yaratish uchun zarur bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

A.Eger, tasdiqlangan islohotlar oqilona soliq tizimiga juda muhim va qat’iy qadam bo‘lishini ishonch bilan aytdi. Islohot soliq tizimining soliq bazasini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish orqali samaradorligini oshiradi. O‘zbekistonda ish o‘rinlarini tashkil etish uchun mavjud ehtiyojlarni inobatga olgan holda xususiy sektorda bandlikni legallashtirish va oylik maoshlarini to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etilishiga stimul yaratadi.

Shu bilan birga, tomonlar yangi Soliq kodeksini ishlab chiqish, kelajak uchun jiddiy vazifa ekanini ta’kidladilar. Kelgusi bir necha oy ichida soliq to‘lovchilarga tushunarli bo‘lgan, va uning tuzilish jarayonida ochiq muhokamalar o‘tkazish kerak bo‘lgan zamonaviy Soliq kodeksining loyihasini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, 2019 yil byudjetining tuzilishi doirasida hukumat 2019-2021 yillar davrida parlamentga uch yillik byudjet parametrlarini taqdim etadi.

Umuman olganda, Missiya, mavjud makroiqtisodiy prognozlar asosida hukumat tomonidan ishlab chiqilgan parametrlarning yillik byudjet tanqisligini 2019-2021 yillarda YAIMning 2 foiz darajasida saqlashga qaratilganligiga va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan fiskal siyosatning maqsadlariga mos keladi.

Поделиться