O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi yana bir Bitimni imzoladi

2018-07-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 27 iyul kuni Moliya vazirligida “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida 300 mln. AQSH dollari miqdorida zayom Bitimi imzolandi. 

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan bitimni Sindi Malvichini – OTBning O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasining rahbari v.b. imzoladi. 

Sindi Malvichini honimlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri – Jamshid Qo‘chqorov bilan suhbat jarayonida Osiyo taraqqiyot banki rahbari va a’zolari nomidan O‘zbekiston Hukumatiga o‘z hurmat va ehtiromlarini bildirib, mamlakatning iqtisodiy boshqaruvini takomillashtirishga, barqaror investitsion muhitni yaratishga va iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini oshirishga intilishiga qaratilgan tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning kelajakdagi asosiy yo‘nalishlari bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar.

Поделиться