O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

FUTBOL: Osiyo o‘yinlari taqvimi o‘zgarmadi, guruhimiz tinch

2018-07-26 | Sport

Shu yilning 18-avgustidan 2-sentabrga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Kuni kecha musobaqaning futbol o‘yinlari taqvimi bekor qilinishi, boshqatdan o‘tkazilishi haqida mish-mish tarqaldi.

Haqiqatdan ham, 5-iyul kuni futbol o‘yinlariga qur’a tashlangan, biroz keyinroq BAA va Falastin termalari ham turnirga qo‘shilishlarini ma’lum qilishdi. Musobaqa tashkilotchilari esa qur’ani bekor qilmadi, aksincha, o‘ziga xos qur’a bilan ikkala termani guruhlarga qo‘shib qo‘ydi. Unga ko‘ra, BAA termasi Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari joylashgan “E” guruhidan o‘rin oldi, Falastin esa Indoneziya, Gonkong, Laos va Xitoy Taypeyi bilan birgalikda “A” guruhiga joylashdi.
 
Xabaringiz bor, mazkur Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalarida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan o‘rin olgan.
 

O. Yunusov, O'zA

Поделиться