O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar “ArMI – 2018” musobaqasida
2018-07-24 | Jamiyat
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Salyut” cavdo-mehmonxona kompleksining majlislar zalida “ArMI – 2018” Xalqaro armiya o‘yinlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, konferensiyada musobaqa ishtirokchilari ta’minoti, musobaqalarni o‘tkazish tartibi va talablari, hakamlarning ish yuritish uslubi, ishtirokchilarning bo‘sh vaqtlarida tashkillashtirilishi mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Joriy yilda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar “Xalqaro armiya o‘yinlari – 2018”ning “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari”, “Yelbrus halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Yo‘l patruli”, “Merganlik marrasi”, “Xavfsiz marshrut”, “Artilleriya ustasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Harbiy ralli”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Dala oshxonasi”, “Hamdo‘stlik jangchisi” kabi 13ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etadi.
M.Toshqorayeva, O‘zA