O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Jamoatchilik nazorati” guruhlari Paxtachida ish boshladi

2018-07-24 | Jamiyat

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov tashabbusi bilan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati” guruhlari viloyatning eng olis tumani Paxtachida ish boshladi.

Viloyatdagi jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat to‘rt guruh tumandagi to‘rt sektor bo‘yicha mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan suhbatlashishi, ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganishi rejalashtirilgan. Mazkur guruhlarga tumandagi jamoat tashkilotlari vakillari ham jalb etiladi.
 
– Bugungi kunda hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida viloyat, tuman va shaharlar to‘rt sektorga bo‘lingan holda islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov “Jamoatchilik nazorati” guruhlari a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda. – Lekin bu islohotlar barcha joyda ham ko‘ngildagidek kechyapti, deb bo‘lmaydi. Olis qishloq va mahallalarimizda aholini o‘ylantirayotgan masalalar juda ko‘p. Ana shu muammolarni aniqlash va ularning joyida hal etilishini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati beqiyos. Shu sababli mazkur guruhlarni tuzib, har bir tuman va shahardagi holatni o‘rganish, muammolarga birgalikda yechim topishni maqsad qildik.
 
“Jamoatchilik nazorati” guruhlarining o‘rganishlari natijasi har kuni sarhisob qilinib, qayd etilgan muammo va kamchiliklar, aholi tomonidan qo‘yilgan masalalar sektor rahbarlari hamda tegishli idoralarga yuboriladi. Har bir masala, murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni hal etish choralari ko‘riladi.
 

G‘.Hasanov, O‘zA

Поделиться