O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilmiy tadqiqotlarga grantlar e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

2018-07-24 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-texnik kengashlarining 15 ta seksiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Kengashlar O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi Innovatsiya vazirligining fan tarmoqlari va sohalari bo‘yicha maslahat organlari sifatida tashkil qilindi.

Ma’lumki, vazirlik innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.

Investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlari belgilangan tartibda faqat Kengashlarning ijobiy xulosasidan keyin vakolatli organlarga ekspertiza qilish, tasdiqlash uchun kiritiladi.

Kengashlarning tarkibi Vazirlik a’zolari, vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari, yetakchi olimlar va malakali mutaxassislardan iborat bo‘lib, kengashlar va ekspert guruhlari fan va texnologiyalar taraqqiyotining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Ilmiy-texnikaviy kengashlar tuzildi: “Tarix va ijtimoiy fanlar”, “Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari”, “Iqtisodiyot va huquq fanlari” “Matematika va fizika fanlari”, “Texnika fanlari”, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish”, “Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit muhofazasi”, “Tibbiyot”, “Farmakologiya va farmatsevtika”, “Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar”, “Yer to‘g‘risidagi fanlar”, “Biologiya fanlari”, “Kimyo fanlari”, “Arxeologiya fanlari”, “O‘rmon xo‘jaligi fanlari”.

Ilmiy-texnikaviy kengashlar, jumladan, taqdim etilgan ilmiy loyiha va grantlarning tahlili natijalari asosida loyiha va grantlarni tanlovlarda ishtirok etish uchun ruxsat beruvchi organ hisoblanadi. Shuningdek, ular dasturlar va loyihalarni bajarilish monitoringi, oraliq nazorat natijalari tahlili asosida loyihalarni davom ettirish yoki bajarilishi qoniqarsiz deb topilgan loyihalarni to‘xtatish to‘g‘risida vazirlikka takliflar kiritadi.

Ayni kunlarda kengashlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha grant mavzularini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqdalar. Tez kunlarda taklif etilgan mavzular bo‘yicha Innovatsiya vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va loyihalarga grantlar tanlovi e’lon qilinadi.

Поделиться