O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Odob-axloq oyligi” jadal o‘tmoqda

2018-07-24 | Jamiyat

Har bir davlat idorasi sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarga ega bo‘lishi, jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishi uchun avvalambor, odob-ahloq qoidalariga rioya etishi zarur. 

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2018 yil 18 iyun kuni 197-um-sonli “Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i tasdiqlandi hamda ushbu buyruq asosida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan 2018 yil 20 iyundagi 174-um-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Buyruq bilan birgalikda Namangan viloyat adliya boshqarmasi faoliyatining shaffofligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, xodimlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida “Odob-axloq oyligi”ni samarali o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Ushbu “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7 iyul kuni boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ishtirokida maxsus seminar o‘tkazildi. Unda Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Musashayxov hamda Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Shoqalamovlar ma’ruzalar qilib, Adliya organlari xodimlarining odob-ahloq qoidalariga rioya etishlaridagi muhim jihatlar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

Shundan so‘ng, “Adliya axboroti” nomli brifingni tashkil qilinib, unda hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga ko‘rgazmali tarzda yetkazildi.

Odob-axloq oyligi nafaqat iyul oyida, balki har doim davom etadi.

Поделиться