O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hurmatli hamyurtlar va shahrimiz mehmonlari!
2018-07-24 | Jamiyat
Joriy yilning 25 iyul kuni Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko’chasida joylashgan «Makro» supermarketi oldidagi maydonda Davlat yong’in xavfsizligi xizmati tomonidan yong’in o’chirish texnikalarini namoyish etgan holda aholi bilan uchrashuv o’tkaziladi.
Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ashula va raqs ansambli hamda respublikamizning taniqli sanatkorlarining kontsert dasturi, yong’in xavfsizligi xizmati xodimlarining yong’inlarda amalga oshiriladigan jangovar xatti-harakatlari va yong’in o’chirish amaliy sporti bo’yicha sportchi xodimlarining shuningdek, yosh yong’in o’chiruvchilarning ko’rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.
Tadbir soat 18-30da boshlanadi.
O’zbekiston Respublikasi IIV Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi shahrimiz aholisi va mehmonlarini ushbu tadbirga taklif etadi.