O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilda amalga oshirilgan davlat moliyaviy nazorati tadbirlarining samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot

2018-07-24 | Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va Davlat byudjetiga oid qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlanishi hamda Moliya vazirligining davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi sarflanishi borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlari o‘z natijasini bermoqda.

Joriy yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlarda o‘tkazilgan moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan xato va kamchiliklar byudjet intizomini buzish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamaygan. 

Byudjet intizomi buzilish holatlari 2018 yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi (2017 yilning mos davrida 48,1 mlrd.so‘mni tashkil etgan).

Byudjet intizomi buzilish holatlarini kamayishi byudjet mablag‘larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo‘yicha byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish, byudjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash va kam samarali taftishlarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.

Xususan, byudjet va byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 2018 yil uchun xarajatlar smetasini me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi va xarajat turlarini aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi yuzasidan olib borilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida xarajatlar smetasiga asossiz kiritilgan 17,5 mlrd.so‘m miqdoridagi xarajatlarni oldi olinib, boshqa zarur xarajatlariga yo‘naltirildi.

Поделиться