O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jasurlik va fidoyilik madhi

2018-07-24 | Jamiyat

Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovi va Umumarmiya qo‘shiqlar festivalining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Chirchiq, Namangan, Qarshi, Nukus, Farg‘ona, Jizzax va Buxoro garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar ofitserlari va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar ishtirok etdi. 

Ishtirokchilarning ijro mahorati taniqli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ko‘rik-tanlovda ijro etilgan qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.


Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, saf qo‘shiqlari yo‘nalishi bo‘yicha Nukus garnizoni ofitserlar uyining shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilari, oddiy askarlar Aqilbek Korazbekov va Farrux Odinayevlar jo‘rovoz bo‘lib kuylagan “Vatan sarhadi” qo‘shig‘i bilan birinchi o‘rinni egalladi. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Hotam Abdullayev “O‘zbekiston mard posbonlari” qo‘shig‘i bilan ikkinchi o‘rinni, Namangan garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Bobomurod Nuratov esa “Bu mening batalonim” qo‘shig‘i bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni “Vatan” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli xonandasi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shahriyorbek Ostonbekov qo‘lga kiritdi. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xonandalari mayor Sanjar Rahimov hamda kichik serjant Hilola Baratovalar “Harbiy uchuvchilar”, “O‘zbegim harbiylari” qo‘shiqlari bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi. 

Shuningdek, lirika va estrada qo‘shiqlari yo‘nalishida ham g‘oliblar aniqlandi. Birinchi o‘rinni Farg‘ona garnizonidan serjant Asomiddin Chorshanbiyev qo‘lga kiritdi. 

 

Abdulaziz Musayev, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA
 

Поделиться